Isroillik vazir arab davlatlari bilan maxfiy aloqa borligini tan oldi
Isroil energetika vaziri Yuval Shtaynits Isroil arab davlatlari bilan maxfiy aloqa olib borishini ma'lum qildi. U Isroil armiyasi radiosi jonli efirida Isroilning Saudiya Arabistoni bilan aloqalari nima uchun oshkor qilinmasligi haqidagi savolga shunday javob berdi.
“Bizda ko‘plab musulmon va arab davlatlari bilan aloqalar bor, ularning ba'zilari sir saqlanadi va odatda bu aloqalar sir saqlanishidan ikkinchi tomon manfaatdorlik bildiradi. Bizda (Isroil) bu aloqalarning oshkor qilinishi bo‘yicha muammo yo‘q, biroq biz gap Saudiya Arabistoni yoki boshqa arab yoki musulmon davlati haqida ketayotganidan qat'iy nazar, o‘zga tomon istagini hurmat qilamiz. Bu aloqalar anchagina ko‘p, biroq biz buni sir saqlaymiz”, deb aytgan Shtaynits.
16 noyabrda Isroil armiyasmi bosh shtabi rahbari Gadi Ayzenkot Elaf arab gazetasiga bergan intervyusida Isroil zarurat bo‘lganda Eronga qarshilik ko‘rsatish maqsadida Saudiya Arabistoni va ba'zi “bosiq” arab davlatlariga razvedka ma'lumotlarini taqdim qilishga tayyorligini aytgan. Uning aytishicha, ikki tomonda “Yaqin Sharqda hukmronlik qilmoqchi bo‘layotgan” Eron masalasida umumiy manfaatlar mavjud.
Mavzuga oid

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

13:46 / 18.04.2025
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025