Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaagadagi Xalqaro sudga 5 nafar yangi a'zo saylandi
BMTning Bosh assambleyasi va Xavfsizlik kengashida 20 noyabrda 2018-2026 yillar uchun Gaagadagi Xalqaro sudning 15 a'zosidan 5 a'zosini saylash jarayoni yakunlandi. Saylanganlardan 4 nafari, jumladan sud raisi, fransiyalik Ronni Abraam o‘z lavozimlarini saqlab qoldilar. Livan vakili Navaf Salom sud tarkibiga ilk bor kiritildi.
Qolgan saylanganlar orasida braziliyalik Antoniu Augustu Kansadu Trindade, somalilik Abdulkavi Ahmad Yusuf va hindistonlik Dalvira Bxandari bor. Saylov natijalarini BMT Xavfsizlik kengashi raisi Sebastyano Kardi ma'lum qildi hamda saylanganlarni tabriklab, ularga bu mas'uliyatli ishda muvaffaqiyat tilab qoldi.
Xalqaro sud 1945 yilda ta'sis etilgan va BMTning oltita bosh organidan biri hisoblanadi. Uning vakolatlariga davlatlar o‘rtasidagi bahslarni hal qilish va BMTning strukturalariga maslahatlar taqdim qilish kiradi. Sud 15 sudyadan iborat bo‘lib, ular 9 yillik muddatga saylanadilar.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, Xalqaro sud a'zolarining saylovlari Bosh assambleya va Xavfsizlik kengashida bir vaqtda bir-biridan alohida o‘tadi. Sudga saylanish uchun nomzodlar Bosh assambleyada (193 ovozdan kamida 97 ovoz) va Xavfsizlik kengashida (15 ovozdan kamida 8 ovoz) ko‘pchilik ovozni yig‘ishlari kerak.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025