Sport | 00:11 / 22.11.2017
9133
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasi. «Beshiktosh» pley-offga chiqdi, «Spartak» kurashni davom ettiradi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar ligasida guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari boshlandi.

G guruhida «Beshiktosh» o‘z maydonida «Portu»ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi. Bu natija turkiyaliklarga keyingi bosqich yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritish uchun kifoya qildi. Guruhdagi ikkinchi yo‘llanma uchun «Portu», «RB Leyptsig» va «Monako» kurash olib boradi.

E guruhida «Spartak» o‘z maydonida «Maribor»ni qabul qilib, so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborgan gol evaziga g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Biroq moskvaliklar pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Chempionlar ligasi, 5-tur

E guruhi
Spartak Rossiya – Maribor Sloveniya - 1:1 (0:0, 1:1)

21 noyabr, «Otkritiye Arena» stadioni
Gollar: 1:0 – 82 Ze Luish, 1:1 – 90 Meshanovich. 
Spartak – Selixov, Kutepov, Tashchi, Petkovich (Zobnin, 73), Kombarov, Popov (Melgarexo, 63), Fernando, Pashalich (Glushakov, 53), Promes, Ze Luish, Luis Adriano.
Maribor – Handanovich, Shuler, Viler, Milets, Billong, Kabxa, Vrxovets (Vrshich, 46), Bayde (Xotich, 68), Pixler, Boxar (Meshanovich, 83), Tavares.
Ogohlantirishlar: Vrxovets (23), Popov (49), Luis Adriano (51), Kutepov (62).

G guruhi

Beshiktosh Turkiya – Portu Portugaliya - 1:1 (1:1, 0:0)
21 noyabr, «Vodafon-Arena» stadioni
Gollar: 0:1 – 29 Felipe, 1:1 – 41 Taliska. 
Beshiktosh – Fabrisio, Pepe, Adriano, Genyul, Toshich (Medel, 46), Xatchinson, Arslan, Taliska (Oz'yakup, 87), Kuarejma (Negredo, 90), Babel, Tosun.
Portu – Joze Sa, Markano, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra (Korona, 80), Danilu Pereyra, Errera (Reyyes, 90), Braimi, Serjiu Oliveyra, Pereyra, Abubakar.
Ogohlantirishlar: Serjiu Oliveyra (9), Pereyra (22), Taliska (43), Genyul (65).

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid