Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» hujumchilari gol ura boshladi, «Sevilya»dan super kambek va boshqa natijalar
2017/18 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
E guruhi vakillari "Sevilya" hamda "Liverpul" o‘rtasida kechgan o‘yin gollarga boy durang bilan yakunlandi. Mezbonlar birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan chiqib keta olishdi.
"Liverpul" tarkibida Firmino dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Mane mualliflik qildi. Mezbonlar tarkibida Ben Yyedder 2ta gol urib, hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Pisarro hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
F guruhida "Napoli" o‘z maydonida "Shaxtyor"ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Gollar Insine, Zelinski hamda Mertens tomonidan kiritildi.
Guruh peshqadami "Manchester Siti" esa o‘zining navbatdagi g‘alabasini "Feyyenoord"ga qarshi kechgan o‘yinda qo‘lga kiritdi. O‘yindagi yagona gol 88-daqiqada Sterling tomonidan kiritildi.
G guruhining ikkinchi o‘yinida "RB Leyptsig" kutilmaganda "Monako"ga qarshi kechgan safar o‘yinida yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mehmonlar tarkibida Verner dubl qayd etgan bo‘lsa, Keyta o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol Jyemersonning o‘z darvozasini ishg‘ol etishi orqali kiritildi. Maydon egalari tarkibida yagona gol Falkao tomonidan kiritildi.
Kunning yana bir markaziy o‘yini H guruhi vakillari "Borussiya Dortmund" hamda "Tottenhem" o‘rtasida kechdi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Dastlab hisob mezbonlar hujumchisi Obameyang tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda Keyn hamda Son Xyon Min tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga g‘alaba keltirdi.
Guruhning ikkinchi juftligida "Real Madrid" APOEL maydoniga safar qilib, raqiblar darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritdi. Benzema hamda Ronaldu dubl qayd etishgan bo‘lsa, Modrich hamda Nacho o‘z hisobiga 1tadan gol yozdirib qo‘ydi.
5-tur
Ye guruhi
"Sevilya" (Ispaniya) – "Liverpul" (Angliya) – 3:3 (0:3)
Gollar: Robertu Firmino, 2 (0:1). Mane, 22 (0:2). Robertu Firmino, 30 (0:3). Ben Yyedder, 51 (1:3). Ben Yyedder, 60 - penalti (2:3). Pisarro, 90+3 (3:3).
"Sevilya": Riko, Merkado, Gays, Langle, Eskudero, N`Zonzi (Vaskes, 46), Banega, Pisarro, Sarabiya, Ben Yyedder (Korrea, 81), Nolito (Muriel, 73).
"Liverpul": Karius, Gomes, Lovren, Klavan, Moreno (Milner, 63), Vaynaldum, Xenderson, Filippe Koutinyu (Emre Djan, 63), Salax (Oksleyd-Chemberlen, 87), Robertu Firmino, Mane.
Ogohlantirishlar: Moreno, 38. Banega, 45. Merkado, 54. Xenderson, 68. Emre Djan, 82.
Sudya: Brix (Germaniya).
F guruhi
"Napoli" (Italiya) - "Shaxter" (Ukraina) - 3:0 (0:0)
Gollar: Insine, 56 (1:0). Zelinski, 81 (2:0). Mertens, 83 (3:0).
"Napoli": Pepe Reyna, Madjo, Kirikesh, Albiol, Xyusay, Diavara, Xamshik (Rog, 77), Zelinski (Mariu Ruy, 87), Kalexon, Mertens, Insine (Allan, 65).
"Shaxter": Pyatov, Butko, Ordets, Rakitskiy, Ismaili, Marlos (Dentinyu, 79), Fred, Stepanenko (Patrik, 70), Tayson, Bernard, Ferreyra.
Ogohlantirishlar: Madjo, 25. Kirikesh, 77. Ismaili, 78. Ferreyra, 85. Pepe Reyna, 85.
Sudya: Skomina (Sloveniya).
"Manchester Siti" (Angliya) - "Feyyenoord" (Gollandiya) - 1:0 (0:0)
Gol: Sterling, 88.
"Manchester Siti": Ederson, Mangala, Otamendi, Uoker, Danilu, Ture (Foden, 75), Gyundogan, De Breyne (Gabriel Jyezus, 64), Aguero, Sterling (Dias, 90), Bernardu Silva.
"Feyyenoord": Djons, van Bek, Xaps, Diks (Nivkop, 72), Tornstra, Vilxena, Tapiya, Amrabat, Bergxeys (Bilal Basadjikoglu, 82), Boetius (Yyergensen, 70), Larsson.
Ogohlantirishlar: Vilxena, 56. Mangala, 59. De Breyne, 60. Djons, 74. Tornstra, 79. Tornstra, 82. Danilu, 86.
Sudya: Krujlyak (Slovakiya).
G guruhi
"Monako" (Fransiya) - "RB Leyptsig" (Germaniya) - 1:4 (1:4)
Gollar: Jyemerson, 6 - avtogol (0:1). Verner, 9 (0:2). Verner, 31 - penalti (0:3). Falkao, 43 (1:3). N.Keyta, 45 (1:4).
"Monako": Subashich, Radji, Glik, Fabinyu, Jorjye, Jyemerson, Joau Moutinyu (Karrilo, 83), Tilemans, Markush Lopesh (Gezzal, 66), Falkao, B.Keyta (Diakabi, 60).
"RB Leyptsig": Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Kampl, Zabittser (Demme, 35), Forsberg (Laymer, 79), N.Keyta, Poulsen, Verner (Bruma, 58).
Ogohlantirishlar: Joau Moutinyu, 37. Jyemerson, 46. Fabinyu, 49. Poulsen, 84. Jorjye, 85.
Sudya: Undiano Malenko (Ispaniya).
N guruhi
APOEL (Kipr) – "Real" (Ispaniya) – 0:6 (0:4)
Gollar: Modrich, 23 (0:1). Benzema, 39 (0:2). Nacho, 41 (0:3). Benzema, 45 (0:4). Krishtianu Ronaldu, 49 (0:5). Krishtianu Ronaldu, 54 (0:6).
APOEL: Nauset Peres, Karlau, Roberto Lago, Xesus Rueda, Vuros, Moraish (Ebesilio, 66), Aloneftis, Vinisius (Farias, 59), Zaxid, Sholloi (Efrem, 60), Pote.
"Real": Kasilya, Marselu (Ernandez, 58), Varan, Nacho, Karvaxal, Modrich, Kroos (Sebalos, 59), Asensio, Krishtianu Ronaldu, Benzema (Mayoral, 64), Vaskes.
Ogohlantirish: Karvaxal, 90.
Sudya: Diash (Portugaliya).
"Borussiya Dortmund" (Germaniya) – "Tottenhem" (Angliya) – 1:2 (1:0)
Gollar: Obameyang, 31 (1:0). Keyn, 49 (1:1). Son Xyn Min, 76 (1:2).
"Borussiya Dortmund": Byurki (Vaydenfeller, 90+2), Tolyan, Bartra, Zagadu (Yemer Toprak, 78), Shmeltser, Vaygl, Gettse, Kagava (Kastro, 66), Yarmolenko, Rafael Gerreyru, Obameyang.
"Tottenhem": Lloris, Ore, Fertongen, Dayyer, Sanches, Rouz, Eriksen (Sissoko, 85), Alli (Dembele, 81), Uinks, Keyn (Lorente, 86), Son Xyn Min.
Ogohlantirishlar: Shmeltser, 52. Tolyan, 90+6.
Sudya: Tyurpen (Fransiya).
Mavzuga oid
16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi
19:18 / 29.01.2025
«Siti» va «PSJ» pley-offsiz qolishi mumkin. YeChLning so‘nggi turidagi asosiy intrigalar
10:48 / 04.10.2024