Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farruh Zokirov Qirg‘iziston prezidenti tomondan taqdirlandi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston xalq artisti, “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli badiiy rahbari Farruh Zokirovni “Dostuk” (Do‘stlik) ordeni bilan taqdirladi.
Atamboyev shu munosabat bilan tegishli farmonni imzoladi. Unda Farruh Zokirov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Dostuk” ordeni bilan taqdirlanishi aytilgan.
Farruh Zokirov boshchiligidagi “Yalla” ansambli ko‘plab davlatlarda mashhurlikka ega va xorijiy davlatlarga gastrollar uyushtirib turadi.
Ta'kidlash joizki, Farruh Zokirov 1996 yilda Qirg‘iziston xalq artisti unvonini olgandi.
Farruh Zokirov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1993 yil), Qozog‘iston (1995 yil), Tojikiston (2000 yil), Ingushetiya xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025