Jahon | 08:11 / 22.11.2017
5212
1 daqiqa o‘qiladi

Saad Haririy Livanga qaytdi

Foto: Reuters

Livan sobiq bosh vaziri Saad Haririy Bayrutga qaytib keldi. Bu u bir necha hafta avval o‘z iste'fosi haqida ma'lum qilganidan so‘ng birinchi marta ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, sobiq bosh vazir seshanba kuni Misr va Kiprda ham bo‘lib, bu davlatlar rahbarlari bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Saad Haririy o‘z iste'fosi haqida 4 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ma'lum qildi. Keyinchalik Ar-Riyod uni mamlakatda majburan ushlab turgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, biroq sobiq bosh vazir bu ma'lumotni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saad Haririy bayonot bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid