Jamiyat | 00:12 / 22.11.2017
4667
2 daqiqa o‘qiladi

Shumanayda bandlikka ko‘maklashish markazining yangi binosi quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarini ijrosini bajarish hamda 2017 yil 28 aprel kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 457-f-sonli farmoyishi asosida Shumanay tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi uchun yangi ma'muriy bino qurish rejalashtirilgan. 

Qurilish ishlari joriy yilning 1 oktabriga to‘liq yakunlanib, xodimlar va fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib ma'lumotlar olish uchun stendlar, televizor va boshqa texnik jihozlar, yangi bino zamonaviy mebel bilan ta'minlandi. 

Binoning ichki va tashqi yorug‘lik tizimi uzluksiz ishlamoqda, oldingi qismida nogironlar uchun pandus qurilmasi mavjud bo‘lib, kirish va chiqish uchun qulayliklar yaratilgan va obodonlashtirilgan. 

Yangi bino Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari uchun o‘z vazifalarini talab darajasida amalga oshirish, tumanda ishsizlik muammolarini bartaraf etish, fuqarolarni ishga joylashish uchun shart-sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya etish bo‘yicha jadal ish olib borishga imkon beradi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid