O‘zbekistonda koreyalik mutaxassislar yordamida teletibbiyot rivojlantiriladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreyaning yetakchi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, «Gachon University Gil Medical Center in Incheon», «Myongji Hospital in Seoul», «Tibbiy yetakchilar korporatsiyasi», «Chonnam National University Hospital in Gwangju» va «Chung Hospital» rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuv so‘ngida Koreyaning «Chung Hospital» shifoxonasi bilan birga O‘zbekistonda tibbiy muassasa qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. «Tibbiy yetakchilar korporatsiyasi» bilan ikki tomonlama tajriba almashish, O‘zbekistonda koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazish, o‘zbek shifokorlarining Koreyada malakasini oshirish masalasi muhokama etilgan.
Ikki tomonlama tajriba almashish va teletibbiyotni rivojlantirish maqsadida «Gachon University Gil Medical Center in Incheon» bilan anglashuv memorandumlari imzolangan. Shuningdek, «Myongji Hospital in Seoul» va «Chonnam National University Hospital in Gwangju» bilan yana ikkita shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Mavzuga oid

15:56 / 23.03.2021
Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda shifokordan onlayn shaklda maslahat olish uchun raqamli platforma joriy etadi

15:26 / 12.04.2019
O‘zbekistonda teletibbiyot o‘zlashtirila boshlandi

16:11 / 06.12.2018