Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda shifokordan onlayn shaklda maslahat olish uchun raqamli platforma joriy etadi
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi «Allm Inc» kompaniyasi bilan videokonferensaloqa formatida muzokaralar o‘tkazdi. Unda mamlakatda teletibbiyot loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Allm Inc» kompaniyasi O‘zbekistonda maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova shaklidagi raqamli platforma joriy etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu platforma orqali nevrologlar, kardiologlar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar, onkologlar va boshqa yo‘nalishdagi shifokorlardan maslahat olish mumkin bo‘ladi. Bildirilishicha, bunday dasturlar koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali ekani isbotlangan.
Ayni paytda mazkur platformadan dunyoning 21 mamlakatida foydalanilmoqda. AQSh, Yaponiya, Yevropa ittifoqi, Braziliyada foydalanish uchun ruxsat berilgan, Xitoy va Tailandda tasdiqlash bosqichida. Dastur BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
Muzokaralar davomida ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirishning amaliy jihatlari va yapon mutaxassislarining mamlakatga tashrifini tashkil etish xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025