Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yovuzlik timsoli». BMT bosniyalik musulmonlarni ommaviy o‘ldirgan Mladich bo‘yicha bayonot berdi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning ma'lum qilishicha, serbiyalik general Ratko Mladichga chiqarilgan hukm «adolatning tarixiy g‘alabasidir». Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar bermoqda.
Al-Husaynning so‘zlariga ko‘ra, Mladich «yovuzlik timsoli» bo‘lib, «Yevropa Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ko‘rmagan shafqatsiz jinoyatlar» uchun javobgardir.
«Mladichga berilgan jazo oilalarga ularning yaqinlarini qaytarmaydi hamda avvalgi hodisalarni o‘zgartira olmaydi, biroq men chuqur ishonamanki, hukm bu dahshatli jinoyatlarni rad etayotgan yoki ularni sodir etganlarni madh qilayotganlarning ovozini o‘chira oladi», - deya aytib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, Haaga tribunali 75 yoshli Ratko Mladichni Bosniyada sodir etgan jinoyatlari, xususan Srebrenitsa shahrida bosniyalik musulmonlarning ommaviy o‘ldirilishi uchun umrbod ozodlikdan mahrum etdi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025