O‘zbekiston | 14:35 / 23.11.2017
9995
2 daqiqa o‘qiladi

Oltoy O‘zbekiston bilan mashinasozlik bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytiradi

Foto: TASS

Rossiyaning Oltoy o‘lkasi korxonalari O‘zbekiston kompaniyalari bilan mashinasozlik va RFda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini xorijiy bozorga chiqarish sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda 22 noyabr kuni Sibir mintaqasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Oltoy o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari Viktor Meshcheryakov jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Oltoy o‘lkasi – qishloq xo‘jaligi mintaqasi, shuning uchun Rossiya bozorida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hajmining 13-14 foiziga egalik qilamiz. O‘zbekiston korxonasi bilan bizning ehtiyot qismlar va qishloq xo‘jalik texnikamizdan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Geologiya bo‘yicha qo‘mita bilan "Altaygeomash" zavodimiz burg‘ilash qurilmalarini yetkazib berishda davom etishiga kelishib oldik. Hozirgi paytga qadar 400 dan ortiq shunday qurilma olib kelingan", - deya aytib o‘tdi Meshcheryakov.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Oltoydagi oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i O‘zbekistonga 10 mln. rubllik meva-sabzavot mahsulotini yetkazib beradi. Kelajakda, Meshcheryakovning aytishicha, Oltoy o‘lkasi hukumati O‘zbekiston temir yo‘llari bilan ham kelishuv imzolashi mumkin. Bu Sibirdan O‘zbekistonga mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Qozog‘iston tranzit nuqtalaridan o‘tmay turib yetkazib berishda yordam ko‘rsatadi.

Mavzuga oid