Jahon | 12:44 / 24.11.2017
17869
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri nega shifokor va o‘qituvchilar emas, soliqchilarning maoshi oshirilishiga izoh berdi

Foto: K-News

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yilda Davlat soliq xizmati xodimlari maoshini oshirishni rejaga kiritmoqda. Bu haqda parlament yig‘ilishida ma'lum qilingan.

«Ata Meken» fraksiyasi deputati Natalya Nikitenko «​nega shifokor yo o‘qituvchilarning emas, soliqchilarning maoshi»​ oshirilayotganiga qiziqdi. Bosh vazir Sapar Isakovning aytishicha, «o‘qituvchilarning maoshi allaqachon oshirilgan».

«Ijtimoiy soha vakillari bilan taqqoslaganda, o‘qituvchilar uchun juda yaxshi sharoit yaratib qo‘ydik. Soliq tizimida esa haqiqiy natijaga erishish maqsadida, barcha narsani raqamlar misolida ko‘rib chiqmoqdamiz. Yuqori maosh bilan xodimlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘paytirish lozim. Soliqchilar ayni raqamlashtirilgan tizim joriy etilgach hech narsa (pora - tahr.) talab qila olmaydi», deydi hukumat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Isakov bundan avval 2018 yil uchun VM prognozlarini e'lon qilib, tez yordam shifokorlari va boshqa ijtimoiy soha vakillari uchun oyliklar oshirilmasligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid