Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mintaqa uchun fenomen». Qirg‘izistonda yangi prezidentga hokimiyat ilk bor tinch yo‘l bilan topshirilmoqda
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va davlatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekov «Ala-Archa» davlat qarorgohidagi inauguratsiyadan so‘ng «Oq uy»ga yo‘l olishdi, bu yerda ularni Milliy gvardiyaning faxriy qorovuli kutib oldi. Bu haqda qirg‘iz OAV xabar bermoqda.
Almazbek Atamboyev respublika qurolli kuchlarini yangi oliy bosh qo‘mondon bilan tabrikladi. Sooronbay Jeenbekov sharafiga parad bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng prezidentlar ish kabinetiga kirib ketishdi.
Ta'kidlab o‘tish lozimki, Qirg‘izistonda bugun avvalgi prezidentdan yangi saylanganiga hokimiyatni birinchi marta tinch yo‘l bilan topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik bu hodisani Markaziy Osiyo mintaqasi uchun fenomen deb atadi.
«Ala-Archa» davlat qarorgohida Qirg‘izistonning saylangan prezidenti inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. U o‘zining ilk farmoni bilan davlatning sobiq yetakchisi Almazbek Atamboyevni mukofotlash haqida va'da berdi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025