Sport | 13:05 / 25.11.2017
8040
2 daqiqa o‘qiladi

«Qizil» Mersisayd «ko‘k» Londonga qarshi: «Liverpul» bugun «Chelsi»ni qabul qiladi

Foto: EPA

Angliya Premer-ligasi 13-turining shanba kungi dasturi «Enfild»da «Liverpul» - «Chelsi» bahsi bilan yakunlanadi.

APL, 13-tur, 25 noyabr
«Liverpul»  –  «Chelsi»
Stadion: «Enfild Roud » (Liverpul)
O‘yinning boshlanish vaqti: 22:30
Bosh hakam: Maykl Oliver

Ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinlarning qiziqarli faktlari:

«Liverpul» «Chelsi»ga qarshi so‘nggi 5 o‘yinning birortasida yutqazmagan;

«Chelsi» «Enfild»da o‘tgan so‘nggi 5 o‘yinda yutqazmagan;

Jamoalar APL doirasida 50ta o‘yin o‘tkazgan. Har ikkala jamoa 19 martadan g‘alaba qozongan, 13 o‘yin durang bilan tugagan;

Yurgen Klopp qo‘l ostida «qizillar» katta oltilikka kiruvchi klublardan hammadan ko‘p ochko tortib olgan - 22 o‘yinda 37 ochko. «Chelsi» hisobida 22 o‘yinda 31 ochko bor.

Foto: Getty Images

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Muhammad Saloh «Liverpul» tarkibidagi dastlabki 12ta o‘yinda 9 gol urgan. Bu esa mersisaydlik futbolchilar uchun rekorddir.

Taxminiy tarkiblar:

Liverpul: Minole, Aleksander-Arnold, Matip, Lovren, Moreno, Veynaldum, Henderson, Koutino, Saloh, Mane, Firmino

Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Kexill, Dzappakosta, Kante, Bakayoko, Alonso, Fabregas, Azar, Morata

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid