Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin xorijiy OAVni xorijiy agentlarga tenglashtiruvchi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy ommaviy axborot vositalarini xorijiy agentlarga tenglashtirishga imkon beruvchi qonunni imzoladi.
15 noyabrda Rossiya davlat dumasi amaldagi qonunchilikka tuzatishlarni kiritishni ma'qullagandi. Tuzatishlarga ko‘ra, Rossiyada faoliyat yurituvchi xorijiy OAVni xorijiy agentlar deb tan olish imkoni ko‘zda tutilgan. Ushbu qonun Rossiya OAV, jumladan xorijiy kapitalga ega bo‘lganlariga ta'sir qilmaydi.
Deputatlarning ta'kidlashlaricha, OAV-xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun AQShning Rossiya OAVga nisbatan amalga oshirgan harakatlariga javoban kiritilmoqda. Avvalroq AQShda Rossiyaning RT telekanali xorijiy agent deb tan olingandi.
Qonunni Rossiya prezidenti huzuridagi inson ququqlari kengashi tanqid qilgandi va shu sababli uni davlat dumasiga qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
10:05 / 02.05.2025
RSF yangi reytingi: OAV erkinligi tarixiy past darajaga yetdi
11:29 / 25.03.2025