Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Liverpul» va «Chelsi» o‘yinida g‘olib aniqlanmadi
Angliya Premer-ligasida 13-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Turning markaziy o‘yinida «Liverpul» va «Chelsi» bellashdi. Muxlislar murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan qiziqarli o‘yinning guvohi bo‘lishdi.
Dastlabki bo‘lim mezbonlarning tashabbusi ostida o‘tdi. Ammo ular hisobni ikkinchi bo‘limda ochishdi. 65-daqiqada himoyachilar xatosidan foydalangan Muhammad Saloh jarima maydoniga yorib kirib, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi.
Shundan so‘ng, «Chelsi» katta kuch bilan oldinga o‘tdi va hisobni tenglashtirishga erishdi. 85-daqiqada Villianning aqlbovar qilmas zarbasidan so‘ng, to‘p darvozabon ustidan oshib o‘tib, to‘rdan joy oldi.
O‘yin oxiriga qadar har ikkala jamoa g‘alabani tortib olishi mumkin edi. Biroq, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 26 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi, «Liverpul» esa 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
APL, 13-tur
Liverpul – Chelsi 1:1 (0:0, 1:1)
25 noyabr, «Enfild» stadioni
Gollar: 1:0 – 65 Saloh, 1:1 – 85 Villian.
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Klavan, Milner, Xenderson, Koutino (Lallana, 89), Oksleyd-Chemberlen (Mane, 89), Saloh, Starrij (Veynaldum, 66).
Chelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Azar, Drinkuoter (Fabregas, 74), Kante, Bakayoko (Pedro, 77), Dzappakosta (Villian, 83), Morata.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025