Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobus bekatida dam olib o‘tirgan pensioner jarimaga tortildi
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 85 yoshli pensioner avtobus bekatida dam olgani hamda transport vositasiga o‘tirmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Deutsche Welle ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hujjatga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, pensioner 35 yevro miqdoridagi jarimani to‘lashi lozim.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, odatda u bu tumanda iti bilan birga sayr qilib yurgan hamda yaqin joydagi avtobus bekatida dam olishga to‘xtagan.
«Ko‘rsatilgan joydagi shahar transporti tizimi asli vazifasida emas, balki dam olish joyi sifatida qo‘llangan», - deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, Dyusseldorf qoidalari bilan kishilar qachon avtobus bekatida o‘tirishi mumkin ekani belgilab qo‘yilgan.
Shahar ma'muriyati Twitter’da voqea tafsilotlarini aniqlashtirish va agarda lozim bo‘lsa, jarimani ham bekor qilishga va'da berdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025