Fan-texnika | 20:50 / 27.11.2017
11134
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning yil avtomobili tanlovi finalchilari aniqlandi

Foto: motor.ru

Yevropaning “Yil avtomobili” tanlovi tashkilotchilari birinchi o‘rin uchun kurashni davom ettiradigan 7 ta avtomobilni tanlab olishdi. Yilning eng yaxshi avtomobili bo‘lishga da'vogarlar qatoridan quyidagi mashinalar joy oldi: Alfa Romeo Stelvio, Audi A8, BMW 5 Series, Citroen C3 Aircross, Kia Stinger, Seat Ibiza va Volvo XC40.

Tanlovda 37 ta model, jumladan Skoda Karoq, Opel Insignia, Volkswagen Arteon, Opel Crossland X va Grandland X kabi modellar taqdim qilingandi. Ularning birortasi finalga chiqa olmadi.

Foto: motor.ru

Alfa Romeo Stelvio

Foto: motor.ru

Audi A8

Foto: motor.ru

BMW 5 Series

Foto: motor.ru

Citroen C3 Aircross

Foto: motor.ru

Kia Stinger

Foto: motor.ru

Seat Ibiza

Foto: motor.ru

Volvo XC40

G‘olibni Yevropaning 23 ta davlatidan 60 jurnalistdan iborat hay'at tanlaydi. 1-o‘rinni olgan avtomobil nomi 2018 yil martida Jyenevada o‘tadigan motorshouda e'lon qilinadi.

O‘tgan yil Yevropaning eng yaxshi avtomobili Peugeot 3008 krossoveri bo‘lgandi. 2- va 3-o‘rinlarni Alfa Romeo Giulia va Mercedes-Benz E-Class modellari egallagan.

2016 yilda g‘oliblik Opel Astra’ga, 2015 yilda esa Peugeot 308’ga nasib qilgandi.

Mavzuga oid