Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida zamon talablariga hamohang harbiy oshxona ishga tushirildi
Yangiyo‘l shahridagi 62-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ekskursiya bilan Toshkent viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismga tashrif buyurishdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Bu yerda o‘quvchi-yoshlar harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'minot masalalari va ularning xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Ekskursiya yakunida ular askar akalari bilan yangi ishga tushirilgan oshxonada birga tushlik qildi.
Qayta ta'mirlanib, ishga tushirilgan mazkur oshxona muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ijtimoiy himoyasini, jumladan, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish va ularning dasturxonini milliy taomlar bilan yanada boyitishni ta'minlaydi.
Shu kuni harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
16:48 / 28.03.2025
Yangiyo‘ldagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
10:17 / 27.03.2025
Yangiyo‘lda qurilish kranining o‘q qismi bog‘cha tomiga quladi
22:49 / 16.03.2025