Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN jurnalistlari Trampning bazmiga borishdan bosh tortishdi

Foto: Reuters
CNN telekanali xodimlari Oq uyda jurnalistlar uchun tashkil etilgan Rojdestvo bazmiga kelishdan bosh tortishdi hamda bunga AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatiga qo‘shilmasliklari bilan izoh berishdi. Bu haqda Politico nashri telekanal vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
«Prezidentning matbuot erkinligi va CNN’ga davom etayotgan hujumlari fonida biz taklif etilgan mehmonlar sifatida u bilan birga bayram qilish to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz», - deya aytib o‘tdi CNN vakili.
Oq uydagilar esa jurnalistlarning boykoti haqidagi xabarlarni iliq kutib olishdi.
«Bayram erta boshlanmoqda! CNN’dan yaxshi yangiliklar ham chiqib turar ekan!» - deya yozgan Oq uy vakili Sara Sanders tvitterdagi o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi hokimiyat tepasida bo‘lib turgan o‘n oy davomida Qo‘shma Shtatlar qanday muvaffaqiyatlarga erishganini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

10:20 / 07.09.2024
CNN taslim bo‘lgan ukrainalik askarlarning otib tashlanishi aks etgan videoni e’lon qildi

10:24 / 04.01.2024
CNN Travel: O‘zbekiston 2024 yilda tashrif buyurish uchun eng yaxshi maskan

13:43 / 04.10.2022
Tramp CNN’dan tuhmat uchun 475 million dollar talab qilmoqda

10:29 / 12.08.2020