Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diqqat, vakansiya: Innovatsion maktab mahoratli o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi
Siz o‘z kasbiga sodiq, mehnatsevar va faol o‘qituvchimisiz? Yoshlarga yangicha metodlarga asoslanib noodatiy ta'lim berish zavq bag‘ishlaydimi? Bergan bilimlaringiz ortidan iqtidorli o‘quvchilar, turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqishini istaysizmi?
U holda siz uchun ajoyib taklif! O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabi murabbiy va o‘qituvchilarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif etadi:

• Matematika fani bo‘yicha dars o‘tishning noodatiy metodlarini o‘rgatish uchun fan o‘qituvchisi
• Mental arifmetika to‘garagini olib borish uchun murabbiy
• Ingliz tili fanini o‘qitishning interfaol metodlarini o‘rgatish uchun fan o‘qituvchisi
• Rus tili fanini o‘qitishning interfaol metodlarini o‘rgatish uchun fan o‘qituvchisi
• Shaxmat to‘garagi rahbari
• Fizika fani o‘qituvchisi
• Tarix fani o‘qituvchisi
• Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
• Malakali psixolog

O‘quvchilarni fanlarga qiziqtira oladigan, zamonaviy dunyoqarashga ega, yangi innovatsion g‘oyalarga asoslanib, ta'lim bera oluvchi nomzodlarning barchasini xolis tanlovga taklif etamiz!
Zamonaviy, noodatiy, innovatsion maktabda o‘z professional mahoratingizni namoyish eting va sevimli kasbingizni ustasiga aylaning.








Murojaat uchun telefonlar: +99871 2405118
+99897 7528393
+99890 3177569
+99890 1119973
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025