Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti KXShT yubiley sessiyasida ishtirok etadi
Qozog‘iston davlat rahbari matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Nursulton Nazarboyev o‘zining Belorussiyaga tashrifi chog‘ida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti – KXShT kollektiv xavfsizlik Kengashining yubiley sessiyasida ishtirok etadi. Bundan tashqari Qozog‘iston-Belorussiya biznes-forumi hamda boshqa anjumanlarda qatnashadi.
KXShT kollektiv xavfsizlik Kengashining sessiyasi 30 noyabrda Minskda bo‘lib o‘tadi. Unda Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari xalqaro maydondagi vaziyatning rivojlanish tendensiyalari va kollektiv xavfsizlikni mustahkamlash choralarini muhokama qilishadi.
"2017-2018 yillarda KXShT raisligi Qozog‘istonga o‘tishini inobatga olsak, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tashkilot Kengashiga Qozog‘istonning raislik vaqtidagi rejalarini taqdim etadi", — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, o‘zining Minskka ikki kunlik tashrifi doirasida Belorussiya yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashadi.
Belorussiya prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Lukashenko Nazarboyev bilan 29 noyabrda muzokaralar o‘tkazadi. Mustaqillik saroyidagi muzokaralar tor va kengaytirilgan doirasida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025