Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Made in Uzbekistan: Ispaniya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxonalar
Oramizda tadbirkorlik faoliyatini boshlab, katta muvaffaqiyatga erishish niyatida bo‘lgan insonlar talaygina. Ayniqsa, dehqonchilik va fermer xo‘jaligi sohasida issiqxona biznesi hozirda shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Ko‘pchilik issiqxona qurdirayotganda xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishni afzal bilishadi. Biroq O‘zbekistonda ham chet elnikidan qolishmagan holda zamon talablariga javob beruvchi, hamyonbop narxlardagi issiqxonalarni topish mumkin.
“Mexmash” MChJ – po‘lat quvurlar, shurup va zamonaviy issiqxona majmualari ishlab chiqaruvchi ko‘p tarmoqli korxona. Bugungi kunda korxonada 170dan ortiq ishchilar ishlaydi. Zavod hududi 6,84 gektarni tashkil etib, uning uchdan bir qismi ishlab chiqarish maydonidan iboratdir.
“Mexmash” MChJ 2010 yildan boshlab, tunnelsimon va gotik uslubdagi zamonaviy issiqxona majmualarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Issiqxona konstruksiyasi korxonaning o‘zida ishlab chiqarilayotgan sinklangan po‘lat quvur va profillardan ishlab chiqariladi. Hozirgi kunga qadar korxona yurtimiz bo‘ylab bir necha gektar maydonga zamonaviy sanoat issiqxonalarini qurgan bo‘lib, bu issiqxonalar o‘z afzalliklarini ko‘rsatdi:
- Maxsus gotik shakldagi konstruksiya mukammal havo aylanishi va quyosh nurlarining maksimal tarqalishiga imkon beradi.
- Konstruktsiya kuchli shamolga chidamli va qor to‘planishi ehtimolini kamaytiradi. Eng muhimi, o‘simliklar ustiga kondensat tomchilari tushmaydi.
- Issiqxonalar barcha zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan: ventilyatsiya, sovutish tizimi, tumanlashtirish, tomchilab sug‘orish, CO2 uzatish tizimi, iqlimni boshqarish tizimi va boshqalar.
- Korxona mutaxassislari O‘zbekiston shart-sharoitlari bo‘yicha chuqur ko‘nikmaga ega bo‘lganligi sabab mijozlarga optimal yechim taqdim etiladi.
- Issiqxonalar o‘rnatilib, ishga tushirilgach, “Mexmash” MChJ mutaxassislari agronomik va texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.
- Kompaniya o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha IFODA AGRO KIMYO HIMOYA korxonasi bilan hamkorlik qiladi va bu mijozlarning Mexmash issiqxonalaridan muammosiz hosil olishida ko‘mak beradi.
- Eng asosiysi, xorijiy analoglardan kam bo‘lmagan zamonaviy issiqxonalar qulay narxlarda sotiladi.
“Mexmash” MChJ ISO:9001:2008 sifat boshqarish tizimi bo‘yicha sertifikatga ega. Korxona mijozlarga mahsulotlarning yuqori sifatini kafolatlaydi. Mahsulotni sotib olib, mijozlar servisning barcha turiga – moslashtirish, o‘rnatish, ishga tushirish, ishchilarni o‘rgatish, agronom va texnik xizmatiga ega bo‘ladilar.
Murojaat uchun: Namangan shahri, Oromgoh ko‘chasi, 27.
Toshkent shahri, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 46
Telefon: +998 (91) 366 9400, +998(71) 223-09-17.
Sayt: www.mexmash.uz
e-mail: [email protected]
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi
10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi
08:23 / 13.02.2025