Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi
Nyu-Yorkda terakt amalga oshirishda ayblanayotgan Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi. Bu haqda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi vakili ma'lum qilgan.
28 noyabrda 29 yoshli Soipovga Nyu-York federal sudida ayblov rasman e'lon qilingan.
“U aybini tan olmadi”, deb aytgan sud vakili. Soipovni endi keyingi marta sudga 2018 yil 23 yanvarda olib kelish rejalashtirilgan.
Bir hafta oldin katta hay'at Soipovga 22 ta banddan iborat ayblov xulosasini chiqargan. Umumiy hisobda Soipov 8 ta qotillik, 12 ta qotillikni amalga oshirishga urinish, IShID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va bunga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasini shikastlash bo‘yicha ayblanayapti.
Soipovga ikkita modda bo‘yicha umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025