Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
Ona jirafaning sher bilan olishuvi videoga olindi
                                    Foto: Getty Images
Keniyada urg‘ochi jirafa va uning bolasiga sherning hujumi videosi suratga olindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, rolik 27 noyabrda Masai-Mara qo‘riqxonasida suratga olingan. Videoda sher maydon o‘rtasida turgan ona-bola jirafa ortiga o‘tib, ularga hujum qilmoqchiligini ko‘rish mumkin. Shunda ona jirafa sherning "shum niyatdaligini" payqab qoladi. Sher ham xayallamay, hujumga o‘tishga qaror qiladi.
Yirtqich birinchi bo‘lib ona jirafaga tashlanadi, biroq jirafa uni tepib, changalidan qutulishga muvaffaq bo‘ladi. So‘ngra ona-bola jirafa qochishga tushishadi, biroq sher jirafa bolasini darhol tutib olib, yerga ag‘anatadi. Ona jirafa esa qochib ketadi.
Mavzuga oid
20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi
12:06 / 11.02.2025
Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi
01:09 / 09.01.2025
Toshkent hayvonot bog‘ida jirafa nobud bo‘ldi
23:58 / 17.12.2024