O‘zbekiston | 22:31 / 01.12.2017
10892
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Turkmaniston Prezidentining yangi kitobi taqdim etildi

Foto: KUN.UZ

30 noyabr kuni Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi kitobini taqdimoti bo‘lib o‘tdi. "Turkmaniston - Buyuk Ipak yo‘li yuragi" deb nom olgan mazkur kitob taqdimot marosimida davlat arboblari, elchilar, professorlar, akademiklar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Shiri Shiriyev yig‘ilgan mehmonlarga kitobning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi, Turkmanistonning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni, qo‘shni mamlakatlar bilan uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan do‘stona aloqalari haqida ta'kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, brifing chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi  Sun Litsze, siyosiy fanlar nomzodi Zebo Zaripova, olim va akademik Ahatjon Xo‘jayevlar ham so‘zga chiqishdi. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning "Turkmaniston - Buyuk Ipak yo‘li yuragi" asari olti bo‘limdan iborat: “Jayhun bo‘ylab”, “Qadimgi Marv”, “Saraxs va Anau oralig‘ida”, “Nisadan Dehistongacha”, “Qadimiy Dashovuz yerlarida” hamda “Mo‘'jizaviy dunyo”. Kitobda Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi va uning xalqlar o‘rtasida savdo aloqalarini taraqqiy topishi, qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirishdagi roli hikoya qilinadi. 

Mazkur qo‘llanmada keltirilgan tarixiy ma'lumotlar Buyuk Ipak yo‘li tarixi va madaniyatini ilmiy jihatdan o‘rganmoqchi bo‘lgan insonlar uchun juda muhim adabiyot bo‘la oladi. 

Kitob muallifi o‘z asarida Turkmanistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, milliy iqtisodiyotning strategik sohalaridagi katta loyihalarni amalga oshirilishi haqida batafsil faktlarni keltirib o‘tadi. Zamonaviy Turkmanistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida aniq tafsilot berish orqali yangi nashr turkman jamiyati oldida turgan maqsad va vazifalarni yaqinroq tushunishga yordam beradi.

Mavzuga oid