Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada qutqaruv xizmatiga sms-xabar bilan murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi
Finlyandiya qutqaruv xizmati favqulodda vaziyatlar haqida matnli xabarlar (sms) qabul qila boshladi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Avval qutqaruvchilarni faqat telefon orqali chaqirtirish mumkin bo‘lgan.
“Favqulodda matnli xabarlarni qo‘llash birinchi navbatda gapira olmaydigan va eshitmaydigan odamlar uchun mo‘ljallangan. Favqulodda vaziyatlarda agar imkoni bo‘lsa, har doim 112’ga qo‘ng‘iroq qiling”, deyilgan xabarda.
Sms-xabarni Finlyandiya mobil operatorining istalgan abonenti davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yubora olish mumkin.
Yangi tartib faqatgina sms-xabarlarga taalluqli va internet-messenjerlarga qo‘llanmaydi. Ushbu funksiyadan sim-kartasiz telefonda foydalanib bo‘lmaydi, xorijdan xabarlar qabul qilinmaydi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024