Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada erkaklarga sochlarini qora rangga bo‘yash taqiqlandi
Turkiyada erkaklarga sochlarini qora rangga bo‘yashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi e'lon qilindi. Tegishli fatvoni Turkiyaning diniy ishlar boshqarmasi ("Diyonat" boshqarmasi) chiqardi. Bu haqda Yeni Safak nashri xabar bermoqda.
“Soch, soqol va mo‘ylablarni agar odamlarni aldash maqsadi bo‘lmasa bo‘yash mumkin. Biroq erkaklarga sochlarini qora rangga bo‘yash mumkin emas, bu nojoizdir”, deb aytilgan "Diyonat" boshqarmasining namozxonlarning savollariga yozma javobida. Ta'kidlanishicha, agar sochni bo‘yash kerak bo‘lsa, unda tabiiy xinadan foydalanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, boshqarma islom me'yorlariga zid bo‘lgan musiqani tinglashni gunoh deb atadi. Shuningdek, agar pul topishning boshqa yo‘li bo‘lmasa, spirtli ichimliklar sotiladigan joylarda ishlash taqiqlanadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025