Jahon | 18:06 / 02.12.2017
39614
1 daqiqa o‘qiladi

Video: dunyoning eng chuqur suv havzasidagi baliq qanday ko‘rinishda?

Olimlar Tinch okeanining Mariana chuqurligida bugungi kunda ma'lum bo‘lgan baliqlarning eng chuqur suvda yashaydigan turini aniqladi. G‘aroyib va noyob baliqlar YouTube saytida namoyish qilindi. 

The Independent nashrining yozishicha, Mariana snailfish deb nomlangan baliq 8,1 km chuqurlikda yashaydi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, nazariy jihatdan baliqlar yashay oladigan ehtimoliy chuqurlik 8,2 km.ni tashkil etadi. 

Baliqlar turlari bo‘yicha yangi hisobotni tayyorlagan Vashington universiteti mutaxassislariga ko‘ra, garchi bu baliq favqulodda holatlarga moslashmagandek ko‘rinsa-da, aslida u bu muhitda yashashga juda yaxshi moslashgan. 

Mavzuga oid