O‘zbekiston | 09:51 / 04.12.2017
29618
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Kinochilar uyi” binosini buzish boshlandi

Foto: Facebook/Shoxira Xamro

Toshkentda afsonaviy "Kinochilar uyi" binosini buzish boshlandi. Bu haqdagi tegishli fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan.

1982 yilda qurilgan aynan shu binoda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining mashhur kinofestivallari o‘tkazilib kelingan. Kartinalar birdaniga uch kinozalda – 900 o‘rinli, 230 va 50 o‘rinlisida ko‘rsatilgan. Bu yerdagi restoran esa O‘zbekiston poytaxtidagi eng nufuzli joylardan biri sanalgan.

Shuningdek, Kinochilar uyidan tashqari respublika Vizalar va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi, Toshkent metropoliteni boshqarmasi joylashgan binolar ham buziladi. Shu tariqa Tashkent City xalqaro biznes markazini qurish uchun maydon ochiladi. Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent City’da biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun'iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obektlar quriladi. 

Foto: Facebook/Shoxira Xamro
Foto: Facebook/Shoxira Xamro

 

Foto: Facebook/Shoxira Xamro

Mavzuga oid