Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Spartak» TsSKAning antirekordini yangiladi
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi uchrashuvlari doirasida «Liverpul» Moskvaning «Spartak» klubini mag‘lub etdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu mag‘lubiyat Rossiya klublarining yevrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyatiga aylandi. Shu vaqtgacha rus klublari hech qachon xalqaro maydonda 6tadan ortiq to‘p farqi bilan yutqazmagandi.
Bu natija orqali «Spartak» Moskvaning boshqa bir jamoasi TsSKA tomonidan qayd etilgan antirekordni yangiladi. «Armiyachilar» 1993 yilning 17 martida Chempionlar ligasi doirasida «Marsel»ga 0:6 hisobida yutqazgandi.
1993 yilning 14 sentabrida UYeFA Kubogining 1/32 finalida «Dinamo» «Ayntraxt»ga (Frankfurt-Mayn) 0:6 hisobida yutqazgan.
«Spartak»ning turnirdagi bundan avvalgi eng yirik mag‘lubiyati 2002/03 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O‘shanda ham jamoa «Liverpul»ga YeChL uchrashuvida 0:5 hisobida yutqazgan.
Mavzuga oid
02:24 / 07.10.2024
RPL. Fayzullayev gol urgan derbida TsSKA g‘alabani ilib ketdi
18:58 / 13.05.2024
«Messi bilan birga o‘ynashni istardim» – Abbosbek Fayzullayev orzusi haqida
22:03 / 02.05.2024
Abbosbek Fayzullayev Rossiyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
11:46 / 13.04.2024