Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevadagi suzish havzalarida burqada cho‘milish taqiqlandi
Jyeneva hukumati shahar suzish havzalarida burqa va kiyimsiz cho‘milishni taqiqladi. The Local nashri shu haqida xabar berdi.
Yangi qarorda aniqlik kiritilishicha, suzish havzalariga bir yoki ikki qismdan iborat, tizza sohasidan uzun bo‘lmagan, qo‘llari ochiq ko‘rinishdagi suzish kiyimida tushish kerak. Cho‘milish kiyimi "yubka yoki ko‘ylak" shaklida bo‘lishi kerak emas.
Bu degani joriy yilning sentabrida ruxsat etilgan burqada yoki kiyimsiz cho‘milish bundan keyin taqiqda ekanini bildiradi.
Manbaga ko‘ra, cho‘milish kiyimlariga nisbatan cheklovlarning kiritilishiga yoshlarning suzish havzalariga hatto ko‘cha kiyimida tushishlari sabab bo‘lgan, bu esa gigiyenik normalarning buzilishi borasida xavfsirashga olib kelgan.
Mavzuga oid
23:52 / 20.06.2024
Toshkentda ayollar «burqa»sini kiyib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi
13:16 / 25.03.2024
Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt
08:00 / 14.11.2023