Guanchjouda mingdan ko‘proq dron yordamida antiqa shou namoyish qilindi
Xitoyning Guanchjou shahrida Fortune Global Forum 2017 iqtisodiy forumi vaqtida 1180 ta dron yordamida yorug‘lik shousi uyushtirildi. Forum tashkilotchilari xuddi shu shaharning o‘zida fevralda o‘rnatilgan rekordni yangilashdi. Avvalgi rekordda mingta dron qo‘llangandi.
Yangi rekordning qayd qilinishiga sababchi bo‘lgan dronlarning umumiy og‘irligi bir tonnaga yaqin kelgan. Dronlarni mahalliy startap eHang tomondan yaratilgan tizim orqali bir operator pultdan boshqargan.
Barcha dronlar sinxron ravishda ishlagan. Agar birorta dron sinxronlikdan chetlashsa va belgilangan balandlikka ko‘tara olmasa, u shouga to‘sqinlik qilmay, yerga qaytgan. Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, operator tizimga kerakli ssenariyni kiritib, tugmani bosishi kifoya qilgan. Shundan keyin u tomoshabinlar bilan birga shouni kuzatib, zavqlana olishi mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:51
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

08:51 / 06.05.2025
Sobyanin: Moskva osmonida 19 ta dron urib tushirildi

11:07 / 03.05.2025
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi

10:10 / 03.05.2025