Jahon | 18:40 / 11.12.2017
29425
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili prezident qanday o‘lishini ko‘rsatmoqchi

Foto: Ukrayinska pravda

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili agarda uni qamoqxonaga qaytarishsa, ochlikni davom ettirish haqida va'da berdi, deb xabar qilmoqda «Ukrainskaya pravda».

«Men qo‘rqmayman. Men prezident qanday ishlashi mumkin ekanini ko‘rsatdim, hamda prezident qanday vafot etishi mumkinligini ham ko‘rsataman. Agarda ular meni qamoqqa qaytarishsa, men oxirigacha ochlikni davom ettiraman. Biroq, barcha kim bu qotillikni tashkil etganini biladigan bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi u.

Uning ta'kidlashicha, uni o‘ldirishi mumkin bo‘lganlar «Ukraina xalqini va ukrainaliklarning ozodlikka bo‘lgan intilishini hech qachon o‘ldira olmaydilar».

Shuningdek, Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Kiyev sudida Gruziya hamda Ukraina madhiyalarini kuylab bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili sudda o‘ziga ta'rif bergani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid