Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Para-Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobida yana 7 ta medal
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo o‘yinlari bahslari davom etmoqda. Bugun 7 nafar hamyurtimiz yengil atletikaning turli xil bahslarida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 6 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘shib qo‘yishdi.
Bulardan oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar:
Pashayev Damir (T13) 100 metrga yugurish 12.17
Mirzayeva Asila (T11) 100 metrga yugurish 14.84
Suxanova Sabina (T37) 100 metrga yugurish 14.84
Odilov Yorqinbek (F57) disk otish 34.24
Rixsimov Muhammad (F42) disk otish 33.03
Omonov Bobirjon (F41) yadro uloqtirish 9.41
Kumush medal sohibasi:

Ergasheva Roziyaxon (F46) disk otish 18.13
Kecha, shuningdek, suzish va pauerlifting bo‘yicha bellashuvlarda terma jamoamizning uch nafar a'zosi g‘oliblikni qo‘lga kiritishgani haqida xabar berilgan edi.
Hozirda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi sportchilari 9 ta oltin va 1 ta kumush, jami - 10 ta medalni naqd qilib qo‘yishdi. Ta'kidlash joizki, mazkur musobaqa 14 dekabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:07 / 26.10.2021
Pekin Olimpiadasi medallari taqdim etildi
20:40 / 24.07.2019
Tokio Olimpiadasi medallari taqdim etildi
00:12 / 14.06.2019
Putin g‘alabaning 75 yilligiga medal ta'sis etish haqida farmon qabul qildi
21:52 / 11.06.2019