Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi medallari taqdim etildi
2020 yilgi Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari Tokioda g‘olib sportchilar taqdirlanadigan medallar dizaynini taqdim qildi.
Har bir medalda shaxmat tartibida joylashtirilgan oq va indigo rangidagi to‘rtburchaklardan iborat “itimatsu” an'anaviy naqshiga ega sferik shaklda bajarilgan Olimpiada emblemasi bor. Medalning orqa tomonida qadimgi yunon afsonalaridagi Nika ma'budasi tasviri tushirilgan. Medallar dizayni Dzyun'iti Kavanisi tomonidan yaratilgan.
Olimpiya medallari 550 gramm kelib, qisman avval iste'molda bo‘lgan elektronikadan tayyorlangan. Yaponiya hukumati shu maqsadda aksiya e'lon qilgan va uning davomida 79 tonnaga yaqin elektronika yig‘ilgan. Buning natijasida 32 kg oltin, 3,5 tonna kumush va 2,2 tonna bronza olishga muvaffaq bo‘lingan.
The moment you have all been waiting for, your #Tokyo2020 Olympic Medals! 🥇🥈🥉
— #Tokyo2020 #1YearToGo (@Tokyo2020) July 24, 2019
RT for good luck! 100% #Sustainable #1YearToGo pic.twitter.com/DcLKtEF0DQ
Avvalroq 2020 yilgi Olimpiada va Paralimpiada ramziy timsollari Miraytova va Someyti degan nom olgani ma'lum qilingandi. Ushbu nomlar 2018 yil dekabridan 2019 yil fevraligacha Yaponiyadagi boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlangan.
Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha, Paralimpiadasi esa 28 avgustdan 6 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025