Qirg‘izistonlik deputat o‘zbekistonlik fermerlar suv uchun pul to‘lashini istamoqda
Qirg‘iziston parlamentida 12 dekabr kuni Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi Jalolobod viloyatining Ola-Bo‘ka tumanida joylashgan Kosonsoy suv omboridan (O‘rtato‘qay) davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiyasi muhokama qilindi. Hujjat birinchi o‘qishda ma'qullandi.
24.kg xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashev O‘zbekiston tomoni suv omboridagi suvning 92 foizini olishi mumkinligini aytgan. Kelishuvga ko‘ra, suv omborini boshqarish to‘lig‘icha Qirg‘iziston suv xo‘jaligi Departamenti ixtiyoriga o‘tadi.
Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, obektlarni ta'mirlash ishlari uchun xarajatlar Qirg‘iziston tomonidan qoplanadi.
«Suvdan foydalanish bo‘yicha har ikki tomon ishtirokida komissiya tashkil etiladi. Suv omboridagi yillik xarajatlar miqdori 16-20 million somni tashkil qiladi. O‘zbekiston tomoni ushbu mablag‘ni Qirg‘iziston suv xo‘jaligi Departamenti hisobiga o‘tkazib beradi», degan Murashev.
«Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi deputati Kenjyebek Bokoyev esa bu yetarli emasligini aytgan. Uning fikricha, o‘zbekistonlik fermerlar suv omboridagi suvdan foydalangani uchun alohida pul to‘lashi kerak. Vazir ushbu masala yana ko‘rib chiqilishini va'da qilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024