Poroshenko Saakashviliga bosh vazir lavozimini taklif qilgan
Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko unga Ukraina bosh vaziri lavozimini egallashni taklif qilganini ma'lum qildi. U bu haqda Zik telekanali efirida so‘zlab berdi.
“U (Poroshenko – tahr.) Yatsenyukga (Ukrainaning sobiq bosh vaziri – tahr.) men keyingi bosh vazir bo‘lishim haqida imlagan, biroq men bundan xabar topganimdan keyin “Petr Alekseyevich, nahotki shuni siz aytayapsiz, deb aytganimda, u: “Nimaga yo‘q ekan?” deb javob qilgan. Men unga: “Yo‘q!” deb javob qaytarganman”, deb eslab o‘tdi voqeani Saakashvili.
Avvalroq Saakashvili telekanal efirida Ukraina bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini va unda prezident bo‘lish ishtiyoqi yo‘qligini aytib o‘tgandi. “Men Ukrainada normal hukumat bo‘lishi uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olishga tayyorman. Men hech qachon, hech qanday vaziyatda prezidentlik uchun kurashmayman. Ukraina prezidentlari, fikrimcha, bu yerda tug‘ilib-o‘sgan ukrainaliklar bo‘lishlari kerak”, deb aytgandi Saakashvili.
Mavzuga oid
11:45 / 06.10.2024
“Atirgul inqilobi”dan hibsxonagacha – Mixail Saakashvili kim edi?
12:21 / 14.08.2024
Gurjistonda sobiq prezident 2008 yilgi urushda ayblandi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
08:00 / 24.05.2024