Sport | 01:32 / 17.12.2017
19278
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» «Tottenhem»ni yanchib tashladi

Angliya Premer-Ligasining 18-turi markaziy o‘yinida «Manchester Siti» va «Tottenhem» bellashdi.

Bahs mezbonlarning katta ustunligi ostida o‘tdi va ular raqib darvozasiga to‘rtta gol yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘plar Gyundogan, de Bryuyne va Sterling (2) hisobiga yozildi. «Tottenhem» bunga Eriksen tomonidan urilgan bitta gol bilan javob qaytardi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «Siti» ochkolari sonini 52taga yetkazib olib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi. «Tottenhem» 31 ochko bilan 7-o‘ringa tushdi.

APL, 18-tur    
Manchester Siti – Tottenhem - 4:1 
16 dekabr, «Etixad Stedium» 
Gollar: 1:0 – 14 Gyundogan, 2:0 – 70 de Bryuyne, 3:0 – 80 Sterling, 4:0 – 90 Sterling, 4:1 - 90+3 Eriksen. 
Manchester Siti – Ederson, Mangalya, Otamendi, Uoker, Delf, Gyundogan (Foden, 83), Fernandino, Sterling, de Bryuyne, Sane, Aguero (Gabriel Jyezus, 58).
Tottenhem – Loris, Vertongen, Rouz, Tripper, Eriksen, Uinks, Dembele, Dayyer, Alli, Son Xyon Min (Lamela, 77), Keyn.
Ogohlantirishlar: Otamendi (38), Delf (51), Keyn (52), Dembele (62), Alli (68).

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid