Sport | 00:38 / 18.12.2017
14992
2 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy Kaka faoliyatini yakunladi

Foto Instagram

Braziliya terma jamoasi safida 2002 yil jahon chempioni bo‘lgan Kaka futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. 
  
“Bu men tasavvur qilolganimdan ham ko‘proq bo‘ldi. Endi men keyingi sarguzashtga tayyorman”, deb aytgan 35 yoshli Kaka.

Globo Esporte’ning ma'lum qilishicha, Kaka “futboldagi faoliyatini” murabbiy, sport direktori yoki boshqa lavozimda davom ettiradi.   

Kaka Italiya va Ispaniya chempioni, Chempionlar Ligasi, Klublararo jahon chempionati, UYeFA superkubogi, Ispaniya kubogi va Italiya superkubogi g‘olibi hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi safida 95 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta golga mualliflik qilgan hamda jahon chempioni va 2 marta Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi unvonlarini qo‘lga kiritgan.

Kaka 2007 yilda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan. Braziliyalik to‘p surgan oxirgi klub AQShning "Orlando Siti"si bo‘ldi. Futbolchi, shuningdek, o‘z vaqtida Braziliyaning “San-Paulu”, Italiyaning “Milan” va Madridning “Real” klublari sharafini himoya qilgan.

Kaka futbolchining taxallusi bo‘lib, haqiqiy ismi Rikardu Izekson dus Santus Leyti. “Kaka” Rikardu ismining kichraytirilgan shaklidir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid