Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaynsinglisiga tan jarohati yetkazgan ayol sudlanadigan bo‘ldi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qaynsinglisiga tan jarohati yetkazgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi KUN.UZ’ga xabar berdi.
Chilonzor tumanida 6 dekabr kuni soat 21.00 larda, Chilonzor M-45-uyda, 1995 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Zebiniso ko‘chasida yashovchi A.S., qaynsinglisi 1995 yilda tug‘ilgan, Chilonzor M-45-uyda yashovchi A.A.ni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi.
Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.A. «sog‘lig‘ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil» tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.S.ga nisbatan Chilonzor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi, 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025