Amerikaliklarni boshpanasizlarga “tinchlik bermayotgan” robotlar g‘azablantirdi
AQShning San-Frantsisko shahri ma'muriyati ko‘chalarning avtonom robotlar tomondan patrul qilinishiga ruxsat bergandi. Biroq bu tashabbus fuqarolar tomondan tanqid qilinib, u tezda tugatilgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Robotlar vazifasiga Microsoft kabi texnologik kompaniyalar kampuslari, stadion va parklarni daydilardan himoya qilish uchun bu obektlarni ko‘zdan kechirib yurish kirgan. Robot Knightscope kompaniyasi tomondan ishlab chiqilgan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari robotlarning tatbiq qilinishiga salbiy munosabat bildirishgan. “Kapitalizm: boshpanasizlarga uy berishning o‘rniga, ularga “uycha” yasashda xalaqit beruvchi robotlarni yaratishga katta pullar sarflanmoqda”, deb tanqidiy fikr bildirgan jurnalist Ben Norton.
Natijada mutasaddilar “robokop”larning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilishgan.
Mavzuga oid
15:44 / 13.11.2024
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
16:03 / 11.11.2024
Xitoydagi daryoda dunyodagi birinchi qutqaruvchi robot patrullik qilishni boshladi
21:58 / 25.10.2024
Sun’iy intellektga ega robot tomonidan chizilgan surat 120 ming dollarga sotilishi mumkin
19:43 / 21.10.2024