Jahon | 00:46 / 19.12.2017
24387
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon NUJ ortidan kuzatuv olib borilgani videosini namoyish qildi

Foto: independent.co.uk

Pentagon amerikalik harbiylar noma'lum uchar jism ortidan kuzatuv olib borishayotgani videosini namoyish qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

Videoda 2004 yilda ikkita F/A-18 Super Hornets samolyotlari San-Diyego sohillarida amalga oshirgan operatsiya tasvirlangan. Rolikda yerdan 24 km balandlikda uchayotgan noma'lum obektni ko‘rish mumkin.

Ma'lum qilinishicha, sardor Devid Frevor va kapitan-leytenant Jim Sleyt Tinch okeanidan 160 km uzoqroqda mashg‘ulot bajarishayotganda ularga noma'lum jism ortidan kuzatuv olib borish tayinlangan. 

Frevor NUJning tezligidan juda hayratlangan. 

“U bizning istalgan samolyotdan tezroq uchmoqda”, deb aytgan uchuvchi.

Harbiyning ta'kidlashicha, NUJ samolyotning bunday yuqori tezliklarni qayd qila olmaydigan radarlarini ishdan chiqargan.

Pentagon “Aviatsion tahdidlarni identifikatsiya qilish kengaytirilgan dasturi” borligini rasman tan oldi. U bu dastur doirasida  2007 yildan 2012 yilgacha NUJlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. Umumiy hisobda bu dasturni moliyalashtirishga 22 mln dollar ketgan.

Mavzuga oid