Jahon | 09:55 / 20.12.2017
9946
1 daqiqa o‘qiladi

Disneylendda Trampning robot shakli paydo bo‘ldi (video)

Donald Tramp Disney bog‘ida joylashgan Prezidentlar zalidagi AQSh prezidentlari safiga qo‘shildi. 

“Floridadagi Disneylendda, Prezidentlar zalida AQSh prezidenti Donald Trampning robotlashtirilgan shakli paydo bo‘ldi. U qo‘l-oyoqlarini qimirlata oladi va nutq so‘zlaydi”, deb aytilgan xabarda.

Disney matbuot kotibining aytishicha, Tramp o‘zining robot shakli uchun nutqni joriy yil boshidayoq yozib bergan. Bill Klintondan boshlab bu yerdagi barcha “prezidentlar” uchun nutqlarni prezidentlarning o‘zlari yozib berishadi. 

Bu orada Tramp reytingi jadal pastlamoqda. AQShning 52 foiz aholisi Tramp hokimiyatga kelgandan keyin mamlakatdagi vaziyat yomonlashdi, deb hisoblamoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s
  

Mavzuga oid