Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarim milliard so‘mlik dorilar xaridorlar qo‘liga yetib bormadi. Nega?
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda fuqaro Sobir Hasanovning (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Samarqand viloyatidan noqonuniy ravishda dori-darmon vositalarini viloyatga olib kelib, sotayotgani aniqlandi, deb yozmoqda O‘zA.
O‘rganishlar davomida C.Hasanov Urganch tumanidagi Mutavalli mahallasidagi uylarning birida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgani ma'lum bo‘ldi. Uyning uchta xonasi dori-darmon vositalarini saqlaydigan omborxonaga aylantirilgan.
Tezkor reyd davomida ushbu xonadonda 459 turdagi qariyb 570 million so‘mlik kirim hujjati va sifat sertifikati bo‘lmagan dori-darmon vositalari mavjudligi aniqlandi.
O‘rganishlar 14 dori vositasining yaroqlilik muddati o‘tganini ko‘rsatdi .
Soxta tadbirkorlik yo‘lini tanlagan fuqaro o‘z faoliyati yuzasidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, davlatga soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga harakat qilgan hamda biror marta soliq to‘lovlarini amalga oshirmagan.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi
20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi
14:50 / 01.05.2025