Jahon | 13:11 / 22.12.2017
16887
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In: «KXDR AQShga yadroviy tahdid qilishga qodir»

Foto: Korean Central News

Qurolli kuchlarning rivojlanishi natijasida, KXDR AQShga yadroviy tahdid solishga qodir davlatga aylandi, deb xabar bermoqda TsTAK agentligi.

Bu haqda mamlakat rahbari Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi yacheykalari rahbarlari yig‘ilishida bayonot bergan.

«Respublikamizda yadro qurolli kuchlarining jadal rivojlanishi, so‘nggi paytlarda, dunyo siyosati va strategik vaziyatga katta ta'sir qilmoqda. Respublikamiz AQShga yadro xavfini solishga qodir bo‘lgan strategik davlatga aylandi va dunyoda hech kim buni inkor qilolmaydi», - deb uning so‘zlarini keltirmoqda agentlik.

Bundan tashqari, Kim Chen In, xalqaro sanksiyalarga qaramasdan, KXDR baribir bunday taraqqiyotga erisha olganini ham ta'kidlagan.

Koreya yarimorolidagi vaziyat, Pxenyan tomonidan so‘nggi ikki yarim oyda ilk marotaba raketa sinovini amalga oshirganidan so‘ng, noyabr oyi oxirida keskinlashgan edi. 

KXDR hukumati xabariga ko‘ra, yangi «Xvason-15» raketasi 53 daqiqa ichida 4475 km masofaga ko‘tarilgan va 950 km yo‘lni bosib o‘tgan. Sinov natijalariga asosan, Pxenyan raketaning yadro qurolini olib yurishga qodir ekanini, uning zarba berish hududi esa AQShni qamrab olishini e'lon qildi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid