Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX tojikistonlik narkokurerlarni ushladi
«O‘zbekiston chegarachilari Tojikistondan katta miqdorda giyohvand moddalarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan navbatdagi harakatni to‘xtatib qolishdi», - deya xabar berdi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mitasi (DChQQ) vakili.
«Jizzax viloyatining Baxmal tumani tog‘li hududida O‘zbekiston chegarachilari tomonidan Tojikistondan 5,8 kilogramm ko‘knor kontrabandasining oldi olindi. Giyohvand modda Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumanida istiqomat qiluvchi 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro Akmaljon Gulmurodov hamda 1990 yilda tavallud topgan Olovuddin Ibodullayev tomonidan olib o‘tilmoqchi bo‘lingan», - deya ta'kidlab o‘tdi MXX DChQQ vakili.
Narkokurerlar ko‘knorni respublika hududiga keyinchalik sotish maqsadida olib kirishga harakat qilishganini tan oldilar.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan MXXning Jizzax viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024