Boshlandi. Yaponiya imperatori taxtni topshirish bo‘yicha bayonot berdi
Yaponiya imperatori Akixito 84 yoshga kirgan kuni taxtni topshirishga tayyorgarlikni boshlashga tayyor ekani haqida ma'lum qildi.
"Men taxtni hayotlik davrimda topshirish bo‘yicha masalaga turli pozitsiyalardan qaragan va buning uchun sa'y-harakat ko‘rsatgan ko‘plab odamlardan minnatdorman. Qolgan kunlar ichida men millat belgisi funksiyalarini bajargan holda, yangi davrga o‘tishga tayyorgarlik ko‘raman", - deya aytib o‘tdi imperator jurnalistlarga, murojaat matni imperator saroyi boshqarmasi saytida e'lon qilingan.
Imperator o‘z chiqishida nabirasi malika Makoni unashtirilgani hamda kelasi yilning kuziga mo‘ljallangan to‘yi bilan tabrikladi.
"Sentyabr oyida bizning katta nabiramiz Mako va janob Key Komuro unashtirilgani haqida ma'lum qilindi, noyabrda esa ularning to‘yi bo‘lib o‘tadi. Bu juda quvonchli hodisa. Men ularga baxt tilayman", - deya aytib o‘tdi imperator.
Dekabrda imperator oilasi ishlari bo‘yicha komissiya imperator Akixito 30 aprel kuni taxtdan ketishi, voris esa taxtga 2019 yilning 1 may kuni chiqishi haqida qaror qabul qildi. Komissiya yig‘ilishi 25 yil ichida birinchi marta chaqirildi.
Vazirlar mahkamasi bu qarorni 8 dekabr kuni ma'qullaganidan so‘ng, “alohida qonunning” harakatga kirishi bo‘yicha qonunchilik jarayoni boshlandi, u Yaponiyaning zamonaviy tarixida hech kuzatilmagan voqea – taxtni imperator hayotlik paytida vorisga topshirishni tartibga soladi.
O‘tgan yilning avgustida imperator Akixito xalqqa maxsus murojaatida keksayib qolgani tufayli o‘z majburiyatlarini bajarishga qiynalayotgani, taxtni vorisga topshirish va hordiq chiqarish niyatida ekaniga ishora qilgandi. Biroq imperatorlik uyi haqidagi qonun va mamlakat konstitutsiyasi amaldagi imperator vafot etgandan so‘ng taxtni topshirishni nazarda tutadi.
10 oydan ortiq vaqt davomida imperatorlik uyining huquq, tarix, madaniyat, protokol sohasidagi eng yaxshi ekspertlari qoidalardan bunday chetlashish naqadar mumkin ekanini o‘rganib chiqishdi. Natijada joriy yilning iyunida parlament “alohida qonun”ni qabul qildi, u taxtni hayotlik paytida topshirishni nazarda tutadi.
Biroq qonunda topshirish muddati ko‘rsatilmagan. Imperatorlik oilasi ishlari bo‘yicha komissiya 1 dekabr kuni shu haqda qaror qabul qildi. Qonun kuchga kirgan kuni imperator Akixito taxtdan ketishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 23.11.2024
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024