Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesda erkak machete bilan odamlarga hujum qildi
Los-Anjyelesning Kanoga-Park tumanida protivogazda bo‘lgan erkak machete (uzun pichoq) bilan o‘tkinchi odamlarga hujum qildi. Bu haqda New York daily news nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga tezda politsiyachilar yetib kelib, jinoyatchini o‘qqa tutishgan. Hujum oqibatida 8 kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berilmagan. Shuningdek, voqeaning qolgan tafsilotlari ham noma'lumligicha qolmoqda.
Shahar politsiya boshqarmasining tvitterda ma'lum qilishicha, bosqinchi olgan jarohatlardan o‘lgan.
23 dekabrda AQShning Federal qidiruvlar byurosi San-Frantsiskoda sobiq dengiz piyoda askarini Rojdestvoga terakt tayyorlash gumoni bilan qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, 26 yoshli gumonlanuvchi IShIDni qo‘llab-quvvatlagan.
FQBda ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchining uyi tintuv qilinganda “Buni o‘zingizga so‘rab oldingiz” degan yozuv va AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi qoralangan xat topilgan.
Mavzuga oid
18:27 / 14.02.2025
Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi
19:29 / 23.01.2025
Los-Anjyeles yaqinida yangi yong‘in boshlandi. O‘n minglab mahalliy aholi evakuatsiya qilindi
22:24 / 18.01.2025
Ilon Mask Los-Anjyeles merini iste’foga chiqishga chaqirdi
20:58 / 16.01.2025