Jahon | 21:10 / 25.12.2017
37511
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘anni quchmoqchi bo‘lgan erkak to‘xtatib qolindi (video)   

Foto: Sabah.com.tr

Bir erkak Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni tansoqchilari orasidan o‘tib, quchmoqchi bo‘lganda to‘xtatib qolindi

Erdo‘g‘an Shirnak shahridagi uchrashuvda o‘zining partiyadoshlarini qutlab sahnaga chiqqanda uning yoniga bir erkak yugurib kelib, yelkasidan ushlab, nimadir degan va shu ondayoq tansoqchilar tomondan olib ketilgan.  

Erkak xavfsizlik boshqarmasiga yetkazilgan va so‘roq qilingan. Aniqlanishicha, uning ismi-sharifi Husayn Demirjon bo‘lib, u his-tuyg‘ulari jo‘shib ketib Erdo‘g‘anni bag‘riga bosmoqchi bo‘lgan. 

“Men uni shunchaki quchmoqchi bo‘ldim, menda hech qanday g‘araz niyat yo‘q edi, meni noto‘g‘ri tushunishdi”, deb aytgan Demirjon. 

Demirjonning aytishicha, u Shirnakda jangovar harakatlar jamg‘armasiga asos solgan. Uning ta'kidlashicha, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb hisoblanuvchi Kurdiston ishchi partiyasi hujumlari oqibatida uning 13 qarindoshi halok bo‘lgan.

Erkak so‘roq qilinib bo‘lgandan keyin qo‘yib yuborilgan.

Mavzuga oid